• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI MAGISTRATURASIGA 2022-2023 O'QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2022/2023 o‘quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga qabul e’lon qiladi.

  • 70411302 – «Biznesni boshqarish» (Master of Business Administration – MBA) - o'qish muddati: 2 yil (kunduzgi va sirtqi).
  • 70411202 – «Loyiha boshqaruvi» (Project Management) – o‘qish muddati: 1 yil (kunduzgi) va 1.5 yil (sirtqi).

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar, komissiyaga veb-sayt orqali (onlayn shaklda) Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

-          davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo'yilgan tavsiya xati;

-          mehnat daftarchasi (Kadrlar bo'limi bo‘limi tomonidan imzolangan va muhrlangan holatda)

-          oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;  

-          4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

-          pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);  

-          ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo'lsa).

            Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va test) muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

            Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: oliy ma‘lumotga va oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo'lgan (o‘qitishning faqat kunduzgi shakliga) nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) - 2022 yil 20 iyuldan 2022 yil 20 avgustgacha;

 

Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Batafsil: https://rgsbm.uz/ru/menu/qabul2023

Batafsil ma‘lumot uchun:
Телефонлар: +99871 2390317, +99871 2390315;

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.

 

Hujjatlarni yuklash