• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VAKILLARINING PUTRA UNIVERSITETI QOSHIDAGI BIZNES MAKTABIGA TASHRIFI

Joriy yilning 2 mart kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori, (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi delegasiyaning Malayziyaga tashrifi doirasida, Serdang shahrida joylashgan Putra Universiteti qoshidagi Biznes maktab rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu uchrashuv O'zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmonovning bevosita ko'magi bilan tashkil etilib ikki ta’lim muassasalari o’rtasidgai hamkorlikni kengaytirish bo'yicha navbatdagi qadam bo'ldi.

Bu ikki oliy o'quv yurtlari vakillarining birinchi, boshlang'ich uchrashuvi bo'lib juda yuqori saviyada tashkil qilindi. Uchrashuv doirasida ikki tomon o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, tinglovchilar va xodimlar almashinuvi bo'yicha qo’shma dasturlarni ishlab chiqish, qisqa muddatli qo'shma kurslarni joriy etish, mahorat darslari, seminarlar, konferentsiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni o'tkazish kabi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik o'rnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida o'zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi, unda ikki ta’lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va o'quv jarayonlarini yanada takomillashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi ta'kidlandi.

Ma’lumot uchun:

Putra universiteti - bu Malayziyadagi davlat oliy ta'lim muassasasi. Dunyoning eng yaxshi universitetlarining eng yaxshi 5% qismiga kiradi. Bugungi kunda dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri QS World University Rankings ma'lumotlariga ko'ra, Putra universiteti dunyoda 147-o'rinni, Osiyoda 33-o'rinni va Malayziyada 2-o'rinni egallab turibti. UI-GreenMetric World University Rankings reytingiga ko'ra, dunyoda 28-o'rinni, Osiyoda 3-o'rinni, Janubi-Sharqiy Osiyoda1-o'rin va Malayziyada 1-o'rin egalladi.

Putra Universiteti qoshidagi Biznes maktab Malayziyaning birinchi va eng yaxshi biznes maktablaridan biri bo'lib, uning o'quv dasturlari nufuzli xalqaro  AACSB,  ABEST21 (The Alliance on Business Education and Scholarship for Tomorrow),  va barcha dasturlar MQA (Malayziya sifat agentligi) texnologiyasi bilan akkreditatsiya qilingan.