• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

TATARISTON RESPUBLIKASI DELEGATSIYASINING RASMIY TASHRIFI

“Energiya tejash texnologiyalari markazi” direktori Marat Axmerov boshchiligidagi Tatariston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ko’magida tashkil etilgan  tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya vakillari mamlakatimizning Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Toshkent shahar suv ta’minoti” DUK va Fanlar Akademiyasining Energetika masalalari instituti kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari va muassasalar faoliyati bilan tanishdi hamda uchrashuvlar tashkil etildi.

Tashrif doirasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Tatariston Respublikasining “Energiya tejash texnologiyalari markazi” o’rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu bilan birga, Oliy maktab bazasida “Jarayonlar fabrikasi”ni tashkil etish orqali respublika xo‘jalik birlashmalari rahbar va mutaxassis kadrlarini “Tejamkor ishlab chiqarish”, energoaudit va energosamaradorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish, o‘zaro tajriba almashish masalalarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Do'stona va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuv yakunida tomonlar o’zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.