• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

«SOG’ TANDA – SOG’LOM AQL!»

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi satrlarda - Oliy maktab) magistratura tinglovchilari o'rtasida mini – futbol bo'yicha turnir tashkil etildi. Ushbu musobaqa an'anaga muvofiq, yiliga ikki marta o'tkaziladi. Turnirning asosiy vazifalaridan biri-tinglovchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni sport bilan shug'ullanishga va turli madaniy-ommaviy tadbirlarga jalb etish.

Turnirda 6 ta jamoa ishtirok etib, ular o'rtasida yutuqni qo’lga kiritib, sharafli unvonga sazovor bo’lish uchun jiddiy kurash bo’lib o’tdi. Futbolchilar jarohat olishdan qo’rqmagan xolda barcha kuchlarini, g'ayrat va energiyalarini sarflab o'yinlarda qatnashdilar.

12 noyabr 2019 bo'lib o'tgan final uchrashuvida chempionlik uchun MBA 18-01 va MBA 19-01 jamoalari bellashishdi, unda ikkala jamoa munosib va ajoyib o'yinni namoyish etdilar. Yakunda MBA 18-01 jamoasi g'oliblikni qo’lga kiritdi.

Turnir davomida barcha jamoalar yuqori saviyali tayyorgarliklarini va jamoaviy o'yinni namoyish etdilar.

"Turnir judayam yuqori saviyada o'tdi. Jamoalar a'lo natijalarni ko’rsatdilar" - deb o'z taassurotlari bilan Oliy maktab o'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i Shavkat Xusainov o'rtoqlashdi.

Musobaqa yakunida barcha jamoa a'zolari medallar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.