• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda yangi loyiha boshqaruv kursi boshlanayapti

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan O'zbekiston Loyiha Boshqaruv Assotsiatsiyasi (UzPMA) Xalqaro Loyiha Boshqaruv Assotsiatsiyasiga (IPMA) a'zo bo'lganligi va endilikda u xalqaro miqyosda O'zbekistonda loyiha boshqaruvi sohasida mutaxassislarni sertifikatlash huquqini qo’lga kiritganligi to’g’risida yaqinda xabar bergan edik.

22 iyuldan 26 iyulgacha Oliy maktabda «UzEngineering» respublika loyiha institute bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan loyiha boshqaruv kursi bo’lib o’tadi.

Kursni Germaniyalik mutaxassis, Xalqaro Loyiha Boshqaruv Assotsiatsiyasi a'zosi Maykl Mente olib boradi.

Joriy yilning 12 iyul kuni Maykl Mente Oliy maktabga tashrif buyurib, u erda maktab rahbariyati bilan uchrashdi. Bu do'stona uchrashuv bo'lib, unda faxriy mehmon Oliy maktabning o'quv jarayonlari, asosiy faoliyati, moddiy-texnik bazasi va imkoniyatlari bilan tanishdi.