• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA TOSHKENT SHAHRIDAGI BO’SH DAVLAT OB'EKTLARINING YARMARKASI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi "Davlat mulki ob'ektlaridan samarali foydalanish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni ijrosi yuzasidan, joriy yil 26-dekabr kuni biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o’rinlarda-Oliy maktab) Toshkent shaharidagi bo’sh davlat ob'ektlarining yarmarkasi ish boshladi.

Tadbir Toshkent shahar hokimligi, Oliy maktab, O'zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish Agentligi va "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi" DUK (E-AUKSION) tomonidan tashkil etildi.

Tadbirdan ko'zlangan eng asosiy maqsad – Toshkent shahrida davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish, bu jarayonga tadbirkorlar va xorijiy investorlarni jalb etish, tadbirkorlik subyektlarini ushbu ob'ektlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishtirish.

Yarmarkaning ochilishida Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - Hotambek Anvarovich Shakirov, Toshkent shahar hokimining investitsiya, innovatsiya, sanoatni rivojlantirish, turizm va xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish masalalari bo'yicha o'rinbosari - Sharof Diyorovich Raxmonov va Davlat aktivlarini boshqarish Agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i - Nusurov Ismat Nusratovich o’z nutqlari bilan so'zga chiqishdi.

Mazkur tadbir davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarining shaffofligini ta'minlash, tadbirkorlarni sotuvga qo'yilayotgan davlat korxonalari va obyektlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.

Yarmarkada ommaviy savdolar orqali xususiylashtirish uchun mo'ljallangan davlat aktivlari, ijaraga berish va sotish uchun taklif etilayotgan 130 dan ortiq davlat obyektlari, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkor va investorlarga, Toshkentning kichik sanoat zonalari bo'sh joylari va maydonlariga ajratilgan bino va inshootlar taqdim etildi.

Ishtirokchilar xo'jalik ob'ektlarini avtomatlashtirilgan boshqarishning zamonaviy usullari, "E-AUKSION" elektron savdo maydonchasi orqali yer uchastkalarini olish va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk ob'ektlarini sotish tartib-taomillari to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'ldilar.