• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

Oliy maktabda MHXS ning "ACCA DIPIFR" malakasi bo'yicha kurs boshlandi

2021 yil 8 aprel kuni Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida “Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) АCCА ning DipIFR malakasi” dasturi bo'yicha o'quv kursi boshlandi.

Ushbu kurs mutaxassislarni “ACCA DipIFR” diplomini olish uchun imtihonga tayyorlaydi va bugungi raqobatbardosh mehnat bozorida o'z malakasini oshirishni istagan buxgalterlar, auditorlar va moliyaviy menejerlar uchun mo'ljallangan.

“АCCА DipIFR” o‘quv kursi malakali biznes trener - Oksana Ognevchuk tomonidan olib boriladi. U moliyaviy boshqaruv, shu jumladan  byudjetni shakllantirish, buxgalteriya hisobi tizimlarini joriy etish va yuritish, MHXS asosida hisobotlarni taqdim etish va xarajatlarni optimallashtirish sohalarida hamda moliyaviy hisobotni tayyorlash va DipIFR Rus kabi ko’plab kurslarda dars berish buyicha 20 yildan ortiq amaliy tajribaga ega, yuqori toifali trener xisoblanadi.

Kurs davomida ishtirokchilar professional qaror qabul qilish, MHXS bo‘yicha bilimlari va tushunchalarini rivojlantirish, xarajatlarni optimallashtirishni amalda qo'llashni, moliyaviy buxgalteriya tamoyillarini va buxgalteriya tizimlarini rivojlantirish va xizmat ko'rsatish rolini,  MHXS ga o'tish jarayonida kompaniyaning amaliyotda duch keladigan asosiy muammolarini qanday hal qilishni o‘rganadilar.

Kurs davomiyligi 2 oyni tashkil etib, uni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikat taqdim qilinadi.

Shuni eslatib o'tamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PF-4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab yirik soliq to‘lovchilar hisoblangan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tuzish va MHXSga oid bilimlarini tasdiqlovchi mutaxassisni yollash majburiyatni o‘z zimmalariga olishi belgilandi.

Ma’lumot uchun:

ACCA (Sertifikatlangan diplomli buxgaltyerlar xalqaro assotsiatsiyasi) - bu butun dunyodagi professional buxgalterlarni birlashtirgan, Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan eng yirik va eng tez rivojlanayotgan buxgalteriya tashkiloti. ACCA malakasi, buxgalteriya asoslari, xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom kabi bir qancha nomlarni taklif etadi. Ushbu malakalar butun dunyodagi buxgalteriya hisobi va moliya sohasi bitiruvchilari va mutaxassislariga o‘z kasblarining moliyaviy jihatlari va oqibatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.