• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI KENG NISHONLANDI

Xalqaro xotin-qizlar kuni muhabbat va nafislik, mehr-oqibat, go'zallik va bahorning timsolini anglatadi. Ayni shu faslda tabiat uyg'onadi va gullaydi, yangi rejalar va orzular paydo bo'ladi.

Shu munosabat bilan, 2020- yil 9- mart kuni Oliy maktab binosida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni Oliy maktab direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich kirish so'zi bilan ochib, jamoaning go'zal qismini o'tgan bayram bilan chin ko’ngildan tabriklab, har doim shunday go'zal, quvnoq va maftunkor bo'lib yurishlarini, yuzlaridan doimo tabassum porlab turishini barcha ishlarida omad xamisha yor bo’lishini tilab qoldi!

So'ngra, bayram munosabati bilan maxsus tayyorlangan Oliy maktab hayotidan olingan hajviy qisqa metrajli video namoyish etildi.

Tadbirning rasmiy qismi gullar, esdalik sovg'alari va, albatta, xotira uchun umumiy fotosurat bilan yakunlandi. Bularning barchasi ushbu ajoyib bayramni kutib olish uchun yaxshi kayfiyat va quvonch muhiti yaratdi!

Albatta, O'zbekistonda xech bir tadbir bayramona oshsiz o’tmaydi. Ushbu aziz kun munosabati bilan, Oliy maktab direktori barchani bayram dasturxoniga lutfan taklif qildi.