• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA AHOLINI RO'YXATGA OLISHGA TAYYORGARLIK KO'RISH BO'YICHA ANJUMAN O'TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevralda “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, 2020 yil 20 yanvar kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi xodimlari uchun «O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish tayyorlash va uni o‘tkazish tamoyillari» mavzusida anjuman o'tkazildi.

Anjumanda o’z ma'ruzasi bilan, Toshkent shahar Statistika boshqarmasi vakili - Orifjon Abdurahmonov ishtirok etdi.

2022-yilda aholini ro'yxatga olish jarayoni va kelajakda amalga oshirilishi lozim bo'lgan mazkur farmon va vazifalar ijrosi bo'yicha olib borilayotgan ishlar va harakatlar haqida so'zladi.

- Respublikamizda so'ngi marta aholini ro'yxatga olish 1989 yilda o'tkazilgan, - dedi O. Abdurahmonov. Aholini ro'yxatga olishda uni aniq hisoblash,ya’ni jinsi, yoshi, oilaviy holati, ma'lumot darajasi, turmush darajasi, ish bilan bandligi, millati, fuqaroligi va boshqa demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo'yicha shaxsiy hisobini va uning batafsil tavsifini ta'minlaydi.

Hozirgi vaqtda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ma'lumotlarni to'plashning raqamli usullaridan, elektron xarita va so'rovnomalardan, ma'muriy axborot manbalaridan keng foydalanish orqali aholini ro'yxatga olish imkoniyatlari kengaydi.