Yangiliklar

Oliy maktabda “Biznes kommunikatsiya va xalqaro hamkorlikni takomillashtirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 21-noyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘zgarishlar va noaniqlik sharoitida biznes yuritishning asosiy jihatlariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning “Biznes kommunikatsiya va xalqaro hamkorlikni takomillashtirish” mavzusi tinglovchilarning keng doirasini, jumladan, o‘qituvchilar va ishbilarmon doira vakillarini o‘ziga jalb qildi.

Mahorat darsi davomida mutaxassislar o‘zgarishlar va noaniqlik sharoitida muvaffaqiyatli biznes yuritishning asosiy jihatlarini: o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish uchun kompaniyalarning moslashuvchanligini oshirish strategiyalari, konstruktiv muloqot va nizolarni hal qilish yondashuvlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va sodiqlikni oshirish usullari, xodimlar va rahbarlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash usullari, shuningdek, biznesning barqaror rivojlanishi uchun innovatsiyalar va ijodkorlikning ahamiyati muhokama etildi.

Hamkorlik va g‘oyalar almashinuvi innovatsiyalar o‘sishiga va kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradigan samarali ish muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Mahorat darsi ishtirokchilari amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan kerakli vositalar haqida va foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir professional aloqalarni mustahkamlash va kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘lidagi qadam bo‘lgani bizni quvontiradi. Biz bilan birga o‘sish va yaxshilanishga yordam beradigan shunday tadbirlarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring!