• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA QISHKI «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» BO'LIB O'TDI

2020 yil 16 yanvar kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) 2020/2021 o'quv yili uchun magistraturaga kirish istagini bildirganlar uchun qishki «Ochiq eshiklar kuni»  va kirish imtihonlari bo'yicha konsultatsiya va maslahatlar o'tkazildi.

Magistraturaning bo'lajak tinglovchilari uchun Oliy o'quv yurtida o'qitishning barcha afzalliklarini ko'rsatib beradigan keng qamrovli dastur asosida yoritib berildi.

Tadbir doirasida professor-o'qituvchilar magistraturadagi o'qitish dasturlari, kirish imtihonlarini o'tkazish tartibi va shaffofligi, imtihonlarni o'tkazish qoidalariga qat'iy rioya qilish, QR kodlaridan foydalanishning innovatsion yondashuvidan foydalanish, masofaviy o'qitish uchun onlayn platformani joriy qilingani, shuningdek, magistratura dasturlariga katta qiziqish bildirgan mehmonlarning ko'plab savollariga javob qaytardilar.

Tashrif buyuruvchilar ta'kidlaganlaridek, «Ochiq eshiklar kuni» va konsultatsiyalar yuqori saviyada o'tkazilganligi, shuningdek, Oliy maktab vakillariga samimiy qabul uchun o’z minnatdorliklarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, «Loyiha boshqaruvi» va «Biznes boshqaruvi» mutaxassisliklari bo'yicha magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 18-yanvar kuni Oliy maktab binosida bo'lib o'tadi.

Barchalariga kirish imtixon sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tishlarini chin dildan tilab qolamiz!