• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda " O'qituvchilar kasbiy malakasini oshirish dasturi " mavzusida trening bo'lib o'tdi

2019 yil 3-5 iyul kunlari Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida Pearson Group tashkiloti bilan hamkorlikda "O'qituvchilar kasbiy malakasini oshirish dasturi" mavzusida trening bo'lib o'tdi.

“O'qituvchilar kasbiy malakasini oshirish dasturi” Pearson Group tomonidan ishlab chiqilgan, O'zbekiston kollej o'qituvchilari uchun mo'ljallangan uch kunlik intensiv kurs bo'lib, o'qitish metodikasi asoslarini takomillashtirishga qaratilgan.

Trening Pearson Group mutaxassislari - Sally Peacock, Ashok Kumar, Emma Klark va Dik Kultas tomonidan o’tkazildi.

Treningda asosiy faoliyati turizm, mehmonxona biznesi, iqtisodiyot va menejment bo'lgan mamlakatning turli mintaqalaridan kelgan o'qituvchilar ishtirok etishdi.

Trening davomida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha master klasslar o’tkazildi:

  • Professional o’qitish va ta'lim tamoyillariga Pearsonning yondashuvi;
  • O'quv jarayonini rejalashtirish;
  • O'qish jarayonida o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash;
  • Metodologiya bo'yicha treninglar o'tkazish orqali o'qitish samaradorligini oshirish;
  • O'qitish va o’quvchilarni baholash samaradorligini oshirish;
  • O’quvchilarni baholash printsiplari, usullari va turlarini tushunish;
  • Baholash sistemasining haqqoniyligi va ob'ektivligini ta'minlash uchun turli xil baholash usullaridan foydalanish.

Treningning so'nggi kunida trening ishtirokchilariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Unda barcha ishtirokchilar bunday uchrashuvlarning foydasini ta'kidlab, trening davomida olgan qimmatli tajriba va bilimlari uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, 8-10 iyul kunlari Jizzax viloyatining Iqtisodiyot kolleji va Zomin transport kolleji o'qituvchilari uchun ham ushbu trening bo'lib o'tadi.