• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BIRINCHI TIBBIY YORDAM ASOSLARI BO'YICHA O’QUV MASHG’ULOTI O'TKAZILDI

Favqulotda vaziyatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, yurakni uqalash va sun’iy nafas oldirishnini bajarish bo’yicha harakatlar mavzusida navbatdagi o’quv-uslubiy mashg’uloti o'tkazildi

Favqulotda vaziyatlarda tezyordam xizmatining voqea joyiga tez va o'z vaqtida kela olmaydigan holatlar uchrab turadi. Shuning uchun favqulodtda vaziyatlarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish, shu bilan ularning salomatligi va hayotini saqlab qolish juda muhimdir. Muvaffaqiyatning asosi - jabrlangan insonning yonida, tegishli bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo’lgan shaxs tomonidan ko’rsatilgan yordamdir.

Xodimlarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, 2019 yil 19 dekabr kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida «Favqulotda vaziyatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, yurakni uqalash va sun’iy nafas oldirishnini bajarish bo’yicha harakatlar» mavzusida navbatdagi o’quv-uslubiy mashg’ulot o'tkazildi.

O’quv mashg’ulotini, O’zbеkiston Rеspublikasi FVV Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassisi-Ne'mat G'ofurov olib bordi.

Uning ta’kidlashicha, birinchi yordam inson hayotini saqlab qolish uchun eng oddiy favqulodda choralar majmuasi. Har bir inson, favqulotda vaziyatda jabrlanuvchiga maxsus tayyorgarlik va ko'nikmalarga ega bo'lib yordam ko’rsatish xuquqiga ega.

Shuningdek, birinchi yordam ko'rsatishda, bilvosita yurakni uqalash tartibi, o'pkaning sun'iy nafas va yurak to’xtab qolishi xolatida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, jabrlanuvchiga turli xil favqulotda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda, tananing yotgan holatdagi eng optimal ko’rinishi va tez qaror qabul qilish vaziyatlarini ko'rsatib berdi.