• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB JANUBIY KOREYA PROFESSORLARI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

2020-yil 14-yanvar kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) professor Jinvon An boshchiligidagi Xandong Global Universiteti va Konkuk Universiteti delegatsiyasini qabul qildi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilish, oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ta'lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish va avval imzolangan anglashuv memorandumini muddatini uzaytirish.

Yuqorida tilga olingan Universitet bilan hamkorlik tegishli kelishuvlar asosida, jumladan, UNESKO/UNITWIN dasturi doirasida 2015 yildan boshlab amalga oshiriladi. O'tgan davr mobaynida ko'plab qo'shma xalqaro anjumanlar va seminarlar o'tkazildi, shuningdek, Oliy maktab magistratura tinglovchilari uchun Koreya Respublikasida malaka oshirish dasturlari amalga oshirildi.

Shuningdek, tashrif doirasida faxriy mehmonlar Oliy maktab professor-o'qituvchilari va magistratura tinglovchilari uchun bir qator mahorat darslari va ma'ruzalar o'tkazadilar.