• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA YIL YAKUNLARI BO’YICHA SARHISOB

2019 yil 28 dekabr kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) yil yakunlari bo'yicha sarhisob bo'lib o'tdi.

Tadbirni Oliy maktab direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich kirish so'zi bilan ochib berdi.

O’z nutqlarida joriy yil barcha uchun juda sermahsul va sermazmun o'tganini ta'kidlab, har bir xodimning umumiy ishga qo'shgan hissasini alohida ta'kidlab o'tdi.

Darxaqiqat, o'tgan yil Oliy maktab jamoasiga g’ururlanish uchun yetarlikcha sabablar berdi!

Xususan,  magistraturaga ilk bor yozgi va qishki qabul, masofadan o'qitish uchun onlayn platforma ishlab chiqildi, «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» ixtisosligi bo'yicha ilmiy kengash va ilmiy seminar tashkil etildi, Milan Oliy biznes maktabi (MIP, Italiya) bilan hamkorlikda «Global loyiha boshqaruvi» mutaxassisligi bo'yicha ikki diplomlik qo’shma magistrlik dasturi ishga tushirildi, Pearson Group (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan O'zbekistonda ta'lim tizimida kirish imtihonlari jarayonida QR-kodlaridan foydalanishning innovatsion usuli va yana ko'p narsalar joriy etildi.

Shuningdek, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Malayziya, Belorussiya, Fransiya va boshqa davlatlarning yetakchi ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik to'g'risida ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Oliy maktab dasturlari portfelini kengaytirib, uni ko'plab talab qilinadigan malaka oshirish kurslari, shuningdek, Italiya va Malayziya bilan birgalikda loyihalarni boshqarish bo'yicha qo'shma xalqaro kurslar va mamlakat iqtisodiyotining turli sohalaridagi o'rta va yuqori darajali rahbarlar uchun mo'ljallangan loyihalar portfeli bilan to'ldirdi.

Direktor kelajak haqida gapirar ekan, kelgusi yil Oliy maktab uchun raqamlashtirish, innovatsion yutuqlar va yangi texnologiyalar yili bo'lishi kerakligini ta'kidlab o’tdi.

Yakunda barcha xodimlarni kirib kelayotgan 2020-yil bilan tabriklab, mustahkam sog'liq, farovonlik va ijodiy yutuqlar tilab qoldi.