• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

O'ZBEKISTON-XITOY: DAVLAT XIZMATCHILARINING MALAKASINI OSHIRISH BO`YICHA HAMKORLIK NATIJALARI

Joriy yil 20 - dekabr kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (keyingi o'rinlarda-Oliy maktab) Xitoy Xalq Respublikasining (keyingi o'rinlarda - XXR) mamlakatimizdagi ehlchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchisi devonxonasi, XXR tomonidan O`zbekiston davlat va ho`jalik boshqaruvi organlari hodimlari uchun 2019 yilda seminar va treninglar tashkil etish yo`nalishidagi hamkorlikning natijalari sarhisob qildindi

Ushbu tadbir, Oliy maktab, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o'rinlarda – Agentlik) va XXR ning O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi devonxonasi bilan birgalikda tashkil etildi.

Tadbirda turli vazirlik va idoralar, davlat boshqaruv organlari rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Konferentsiyani, kirish so'zi bilan, Agentlikning direktor o'rinbosari Pak Vyacheslav Yuryevich ochib, XXR hukumatiga, xususan savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha devonxonasiga, inson kapitali rivoji va milliy kadrlarni tayyorlashga qo'shgan ulkan hissasi uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, o'z nutqida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarining malakasi va darajasini oshirishda tashkil etilgan seminar-treninglarning hissasini ta'kidlab, 2019-yilda XXRning yirik shaharlarida turli mavzular bo’yicha 110 dan ortiq seminar, o'quv kurslari va treninglar o'tkazilgani, ularda 400 dan ortiq kishi, jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalaridan 145 nafardan ortiq oliy darajadagi rahbar kadrlar ishtirok etishganini ta’kidlab o’tdi.

Oliy maktab direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich, tadbir ishtirokchilari va mehmonlarini samiymiy qutlab, XXR va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik bo’yicha turizm, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, sanoat, ilm-fan va ta'lim sohalarida salmoqli natijalarga erishilgani, Oliy maktab ushbu global jarayonlarning bir qismi ekanidan va bugungi konferensiya 2020-yilda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, yuqori marrra va zafarlarga erishish uchun katta mexanizm vazifasini o’tashi xaqida so’zlab o’tdi.

XXR ehlchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha devonhona maslahatchisi - Szin Yuylun, Xitoy va O'zbekiston o’rtsaida jadal rivojlanib borayotgan hamkorlik, o'zaro tovar ayirboshlash hajmi, ikki davlatlar o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlashtirayotgan mazkur o’quv kurslari va seminarlarni tashkil etishning muhimligini qayd etib o’tdi.

O'z navbatida, yuqorida qayd etilgan seminar va o'quv kurslarida bevosita ishtirok etgan, turli tashkilot va idoralar vakillari o'z ma'ruzalari bilan chiqish qildilar.

Tadbir so’ngida, Oliy maktab direktori barcha ishtirokchilariga o’z minnatdorchiligini bildirib, kelayotgan 2020 yil bilan chin ko’ngildan tabrikladi.