Yangiliklar

LOYIHA VA LOYIHA PORTFELINI BOSHQARISH: MALAYZIYA TAJRIBASI

Loyiha boshqaruvi sohasidagi raxbar kadrlari malakasini oshirish dasturi doirasida, joriy yilning 29 noyabrdan 6 dekabrga qadar, Kuala-Lumpur shahrida (Malayziya) Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) va PEMANDU Associates Sdn Malayziya Davlat boshqaruvi milliy institutining (INTAN) strategik hamkori bilan birgalikda tashkil etilgan «Malayziya tajribasida loyiha va loyihalar portfelini boshqarish amaliyoti» mavzusidagi birinchi maxsus bir haftalik kurs yakuniga yetdi.

Dastur loyiha boshqaruvi asoslarini, yangi biznes vositalarini o'rganish va xalqaro tajriba asosida ishtirokchilarning professional darajasini Malayziya tajribasi asosida oshirish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, unda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalaridan 20 dan ortiq oliy darajadagi rahbarlar ishtirok etdi.

Ma'ruzalar davomida, kurs ishtirokchilari, Malayziya milliy taraqqiyot dasturi bilan, loyiha va dasturlarni mantiqiy yondashuv orqali foydalangan holda identifikatsiyalash, davlat loyihalarini boshqarish bo'yicha ma’lumotlar bilan ishlash. Malayziyada loyihalarni boshqarish amaliyoti va loyihalar portfeli, loyihalarni boshqarish jarayonida axborot tizimlaridan keng foydalanish va joriy etish tajribasi, loyiha risklari (i-MATEC) xamda ICU, PMD orqali loyihalarini baholashni o'rgandilar.

Trening davomida ishtirokchilar Malayziyaning davlat siyosati va boshqaruvi klasteri, Innovatsion boshqaruv texnologiyalari klasteri, Mara texnologiya universiteti (UiTM), Iqtisodiyot vazirligi, Kuala-Lumpur shahar hokimligi huzuridagi, shahar transporti boshqarmasi, Davlat ishlari departamenti, Bosh vazir huzuridagi strategik baholash bo'limi va Malayziya sanoatini rivojlantirish Kengashi (CIDB) kabi yetakchi tashkilotlariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va loyihalar portfelini boshqarish jarayonlarini o'rgandilar.

Kursning yakuniy kunida, sertifikatlar topshirilishining rasmiy marosimi bo'lib o'tdi.