• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

RAQAMLI IQTISODIYOT: UNING MOHIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

2020 yil 12 fevral kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida, amaliy tajriba almashish, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida «Raqamli iqtisodiyot: uning mohiyati va rivojlanish istiqbollari» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Ma'ruzada o'z taqdimoti bilan YUNESKOning Toshkentdagi xalqaro Westminster universiteti, bilim iqtisodiyoti kafedrasi professori - Tursun Shodiyev qatnashdi.

Taqdimot o’z ichiga O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiy o'sish va aholi va ta'lim turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida axborot tizimlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish va bir biriga bog’liq bo’lgan operatsiyalarni optimallashtirish, mehnat bozori samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish, texnika va uskunalar unumdorligini oshirish, tovarlar/xizmatlar ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish va boshqa ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga oldi. Shuningdek, ichki va tashqi omillarni hisobga olish zarurligi, tizimli yondashuvga e'tibor qaratish, ma'lumotlarni moslashtirishdagi kamchiliklarni va raqamli iqtisodiyotni o'lchash muammolarini tahlil qilish kerakligini ta'kidladi.

Yakuniy qismda so'z faxriy mehmonga, O'zR Fanlar akademiyasi akademikiga, i.f.d, professor G'ulomov Saidaxror Saidaxmedovich ga berildi.

O'z navbatida, professor Tursun Shodiyevga informatsion va ma’lumotga boy metarial hamda Oliy maktab rahbariyatiga tadbirga taklif qilganlari uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

O'z navbatida, raqamli iqtisodiyot sohasidagi ekspert sifatida, u bugungi kunda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ba'zi to'siqlar mavjudligini, ya'ni raqamli ko'nikmalarning etishmasligi raqamli transformatsiyaga jiddiy to'siq bo'lib qolayotganini ta'kidladi. O'zbekistonda IT va kompyuter ko'nikmalarini rivojlantirish, onlayn savdo va savdo maydonchalarining yetarli darajada emasligiga alohida e'tibor qaratdi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nafaqat IT dasturchilar, balki texnik vazifalarni malakali ravishda belgilashga va raqamli xizmatlarni qanday amalga oshirishni tushunishga qodir malakali rahbarlar ham kerak – deb ta’kidladi.

Tadbir juda foydali va qiziqarli bo'ldi. Uning so’ngida tinglovchilar mehmonlarga qiziqarli va mazmunli tashkil qilingan mahorat darsi uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.