• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BOSHQARUV ORGANI VAKILLARI UCHUN SEMINAR-TRENINGNI UCHINCHI KUNI

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2021 yil 11-26 yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlarining saviyasi va malaka darajasi oshirish maqsadida seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

        Bugun, 13 yanvar kuni seminar-treningning 3-kuni o'z yakuniga etdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimlarining birinchi o'rinbosarlari ishtirok etishdi.

         Seminar-treningni 3 kunida ishtirokchilar uchun quyidagi mavzular yoritib berildi:

  • soliq ma'murchiligi, soliq tizimidagi islohotlar; soliq, bojxona va ularning xufiyona iqtisodiyotni aniqlashdagi ahamiyati;
  • davlat xaridlari tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar;
  • qonun ustuvorligi va mulk daxlsizligini ta'minlash;
  • agrar sohadagi islohotlar: Klaster tizimiga o'tish, erlarni xususiylashtirish va fermerlar huquqlarini himoya qilish;
  • inson resurslarini boshqarish borasida o'qitildi.

       Seminar-treningda vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, xorijiy va mahalliy ekspertlar hamda oliy ta'lim muassasalarining tajribali va malakali professor-o'qituvchilari jalb etildi. Jumladan, Evropa taraqqiyot va tiklanish banki va BMT traqqiyot dasturi ekspertlari o'zlarining ma'ruzasi bilan ishtirok etishdi.