• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

TOSHKENT SHAHRIDAGI HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN MAXSUS SEMINAR-TRENING

 

 

 

 

 

 

 

2022 yilning 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi binosida, “Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish: mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari” mavzusidagi 3 - kunlik o’quv-amaliy seminari tashkil etildi

 

 

Mazkur seminarda Toshkent shahrining Sergeli, Shayxontohur, Yashnobod, Bektemir, Mirzo-Ulug'bek va Mirobod tumanlarida faoliyat olib borayotgan 290 ta hokim yordamchilari o'z malakalarini oshirmoqda.

 

 

Seminar-trening taqdimot va amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etilgan bo’lib, o‘quv jarayoniga Oliy maktabning yuqori malakali va tajribali professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

          

Dastur doirasida, hokim yordamchilari aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini ko'rishga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo'nalishlarini belgilashga, har bir mahallaning “o'sish nuqtasi”dan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlar taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko'maklashish, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan xizmatlar turlarini rivojlantirish, aholini, ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish hamda ularning bandligini ta'minlash ishlarini tashkil qilishga, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, hududga ajratilgan mablag'larning mahallalar kesimida taqsimlanishini ta'minlash kabi masalalar o’z ichiga olgan.

                      

 

 

 

Malaka oshirish kursining birinchi bosqichi joriy yilning 10 mayga qadar davom etadi.