• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

TIL – MILLAT KO‘ZGUSI!

Til buyuk ne'matdir, har bir millat o‘z tilini e'zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi! Har bir xalq aziz va muqaddas bo‘lgan o‘z tilini asrash, rivojlantirish, jozibasini to‘la namoyon etish uchun harakat qiladi, chunki unda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi.

Joriy yilning 21-oktabrida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bugungi kunda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi. Shuningdek, barcha yoshdagi insonlar qalbida ona tilimizga muhabbat, milliy va jahon adabiyotini teran nigoh bilan o‘qishga qiziqish uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini oshirish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.

Mazkur tadbir doirasida, Oliy maktab xodimlari tomonidan ona tilimizning shukuhi va sharafi, tilning inson hayotidagi o'rni hamda ahamiyati hikmatlarni o'zida mujassam etgan videorolikni taqdim etishdi.