• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

NAVBATDAGI HOKIMLIKLAR VAKILLARI (SURXONDARYO, QASHQADARYO, SAMARQAND VA JIZZAX VILOYATLARI) UCHUN SEMINAR-TRENING START OLDI

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2021 yil 11-26 yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlarining saviyasi va malaka darajasi oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilgan.

Joriy yil 15 yanvar kuni, seminar-trening navbatdagi hokimliklar vakillari (Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari) uchun boshlandi.

Eslatib o'tamiz, mazkur seminar-treningni asosiy maqsadi – hududlarni kompleks rivojlantirishda yangicha tizimini joriy qilish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, o'sish nuqtalarini aniqlash, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish, faoliyatni rejalashtirish va ishlarni tashkil qilish hamda vaqtdan unumli foydalanish orqali samaradorlikni oshirish, kurs ishtirokchilarida xalqaro tajribaga asoslanib kelajakda amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar haqida ko'nikma hosil qilish.