Biznes va tadbirkorlik oliy maktab tinglovchilari Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirmoqdalar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilaridan iborat guruh ayni paytda Xitoyning Uxan to‘qimachilik universiteti tomonidan tashkil etilgan Paxta Sanoati va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha maxsus kursda malaka oshirmoqdalar.
Kursda paxtani ishlab chiqarish va qayta ishlash usullari, genetik muhandislik va paxta sanoatidagi global tendensiyalar kabi sohalar o‘rganilmoqda.
Tashrif davomida ishtirokchilar paxta yetishtirish bo‘yicha ilg‘or korxonalar bilan tanishib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Mazkur dastur tinglovchilarga amaliy tajriba orttirish va sohaning rivojlanishini belgilab beruvchi eng yangi texnologik yutuqlar va ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkonini berdi.
Bunday o‘quv kurslar mahalliy bozorda zamonaviy yechimlarni joriy etish va sohada o‘sish va innovatsiyalarga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda beqiyos ahamiyatga ega.