“MBA in IT-business” dasturining tinglovchilari ICT Week 2024 tadbirida ishtirok etishdi
Joriy yilning 18-setabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “MBA in - IT Business” tinglovchilari “ICT WEEK UZBEKISTAN - 2024” axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada faol ishtirok etdilar.
Ushbu tadbir IT sohasining yetakchi mutaxassislari va vakillarini to‘pladi, tinglovchilar asosan AKT siyosati va raqamli hukumat, raqamli biznes, sun’iy intellekt, innovatsion g‘oyalar va startap loyihalar mavzulariga oid tashkil etilgan “Uzinfocom”, “Startup Qatar”, “Ucell”, “AloqaVentures”, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, “Didox”, Uztelecom ZTE, Huawei, IT Park kabi kompaniyalarning eksponentlari hamda Koreya, Xitoy, Latviya, Qatar davlatlarining milliy povilonlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, ko‘rgazma ishtrokchilari yirik xorijiy kompaniyalari: Data Volt, Venkom, HP, Yandex, Uzum, Lenovo, Nokia, Dell, CompTIA, Startup Qatar, ZTE, Huawei va IT Park rezidentlari, hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy yirik kompaniyalarning yangi innovatsion dasturiy mahsulotlari taqdimoti bilan tanishdilar.
“ICT Week tadbirida ishtirok etish biz uchun juda katta tajriba bo‘ldi, bu bizga kelajakdagi professional faoliyatimizda olingan bilimlarni qo‘llash imkonini beradi”, — dedi tinglovchilaridan biri.
“MBA in IT-business” dasturi IT yechimlarini biznes jarayonlariga samarali ravishda integratsiya qilishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Bunday tadbirlarda ishtirok etish tinglovchilarga texnologiya va innovatsiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lish imkonini beradi.