• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB XODIMLARI UMUMXALQ HASHARIDA ISHTIROK ETDILAR

Asrlar osha shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir. Umumxalq hashari — necha ming yillar mobaynida odamlarning boshini qovushtirib, ularni insonparvarlik, saxovatpeshalik, saranjom-sarishtalik kabi ezgu amallarga chorlaydi. Ushbu qadriyatning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, u insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalari, hamjihatlik, ayniqsa, yoshlar qalbida mahalla-koʻyga, ona-Vatanga muhabbat, daxldorlik tuygʻularini mustahkamlaydi.

Shu munosabat bilan, bugun Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) xodimlari ushbu tadbirda faol ishtirok etib, Oliy maktab hududi va binoga tutash infratuzilmani tozalash va obodonlashtirish ishlarini birgalikda olib bordilar.

Iliq, quyoshli kun g'ayrat va shijoatga to’la bo’lgan jamoani quvontirdi. Ishtirokchilarga jismoniy, ma'naviy kuch va ga’yrat in’om etib, barchani bunday xayrli tashabbuslarga bo’lgan mexrini yanada oshirib ilhomlantirdi.

Hashar Toshkent shahrining eng manzarali qismida joylashgan Oliy maktabning binosining ichki va tashqi hududini obodonlashtirish bo’yicha kamtarona hissasini qo'shgan ishchilarning yuqori kayfiyati ostida o'tdi.

Tadbir, an’anaviy ravishda, rahbariyat tomonidan ajoyib muhitda tashkil etilgan bir piyola choy ustida yakunlandi.