• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O'ZBEKISTONDA QIMMATLI QOG’OZ BOZORINING BUGUNDI HOLATI VA RIVOJI

Joriy yil 19 dekabr kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida, amaliy tajriba almashish, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida «Korporativ qimmatli qog'oz chiqarish va emissiyasi. Kredit bozori va qarz kapitali» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Spiker sifatida, qimmatli qog'oz bozori bo’yicha ekspert - Farhod Karimov taklif qilindi.

O'z chiqishida O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori jadal rivojlanib, odamlar o'z mablag'larini aktsiyalarga sarflagan davr bo'lganini ta’kidlab o’tdi. Keyinchalik bir qator salbiy holatlar yuz berib, davlat, bozorni qat'iy nazorat qila boshladi, bu esa o’z o’rinda sarmoyadorlarning ishonchsizligiga olib keldi. Mamlakatda fond bozori rivojlanmay qolganining asosiy sabablaridan biri shu bo'ldi. Biroq, bugungi kunda O'zbekistonda fond bozorini rivojlantirish uchun barcha sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, qimmatli qog'ozlar emissiyasi va davlat ro'yxatidan o'tkazish tartib-qoidalari, uning risklari, IPO va SPO ni to'g'ri o'tkazish, O'zbekistonda qimmatli qog'oz bozorini (fond) rivojlantirish bosqichlari, shuningdek, qimmatli qog'ozlarni fond bozorlariga joylashtirish bo'yicha o'zining tajribasi va sinovdan o’tgan vositalari bilan o'rtoqlashdi.

Mahorat darsi ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga judayam boy bo’ldi.