• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Xalqaro kuzatuvchi, iqtisodchi hamda Gamburg universiteti professori Zigfrid Georg Shoppe bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11 - iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Germaniyadan kelgan xalqaro kuzatuvchi, iqtisodchi, Gamburg universiteti faxriy professori Zigfrid Shoppe bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash kafedrasi mudiri Bo‘rixon G‘anixo‘jaev, “Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori Dilmurod Suyunov, MBA kafedra professor o‘qituvchisi Baxtiyor Sadriddinov, Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i Aziza Muhamadievalar ishtirok etdilar.

Muhokama chog‘ida Oliy maktab va Gamburg universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, oliy maktab talabalari uchun ma’ruza o‘qish uchun professor-o‘qituvchilarni, ma’ruzachi sifatida jalb etish masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Agrobiznes MBA yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejasi va oʻquv dasturini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda maʼruzalar va seminarlar oʻtkazish.

Bundan tashqari, janob Shoppening tavsiyasiga ko‘ra Xagen masofaviy o‘qitish universiteti faoliyatini o‘rganish, onlayn ta’lim uchun universitet o‘qituvchilarini taklif qilish muhkama qilindi.

Ma’lumot uchun: Gamburg universiteti - Germaniyadagi eng yirik ta’lim va tadqiqot markazlaridan biri. QS Ranking 2023-yilda 228-o‘rinni egallaydi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga kelishib oldilar.