• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB TINGLOVCHILARINING «TEXNOPLAZA» GA TASHRIFI

Amaliy mashg'ulotlar o'quv jarayonining muhim tarkibiy qismi xisoblanib, ish jarayonini bevosita kuzatish va kompaniya vakillari bilan o’zaro muloqot olib borish imkonini beradi.

Joriy yilning 5 dekabr kuni, navbatdagi sayyor dars doirasida, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistratura tinglovchilari "Humo Partners" kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi «Texnoplaza» sanoat biznes markaziga tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida, «Texnoplaza» ning vakili kompaniyaning umumiy faoliyati, missiyasi va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishga qo’shayotgan xissalari bo’yicha umumiy ma’lumot berib o’tdi.

Tadbir doirasida O'zbekiston-Xitoy savdo uyi, CLG Leasing, International Business Travel, Biznes laboratoriyasi, O'zbekistonda global tadbirkorlik tarmog'i, MediTech va Groundzero kovorking markazi kabi kompaniyalar joylashgan "Technoplaza" SBM bo'yicha ekskursiya tashkil etilib barcha barcha bo'linmalarning ish jarayoni bilan batafsil tanishishishdi. Shuningdek, ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga javob oldilar.