• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

ILG’OR QADAM: SUN'IY IDROK VA RAQAMLI IQTISODIYOT

2020 yil 24 mart kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligida Kim Xunt nomdiagi Jorjtaun universiteti, biznesni rivojlantirish bo'yicha direktori boshchiligidagi MakDono biznes maktabi (Vashington, AQSh) vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Onlayn tarzida o'tgan muzokaralar davomida, tomonlar qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va tashkil etish bo'yicha, ikki tomonlama o'zaro quyidagi manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar:

- Ta’lim muassasalari o’rtasida tinglovchilar, xodimlar va professor-o'qituvchilar bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish

- O'zbekistondagi turli vazirlik, tashkilot va idoralarining o'rta va oliy darajadagi rahbarlari uchun, AQSda raqamli iqtisodiyot va biznes sohasida malaka oshirishni yo’ga qo’yish.

 

Ma’lumot uchun:

MakDono nomidagi Biznes maktab (McDonough School of Business) – Vashingtondagi (AQSh) Jorjtaun universiteti qoshidagi biznes maktab bo'lib, 1957 yilda tashkil etilgan va turli yo'nalishlarda MBA, Executive MBA, MA in International Business and Policy, Boshqaruv bo'yicha MSc, Moliya sohasida MSc kabi dasturlarni taklif taklif etadi. 2019 yilda maktabning MBA dasturi Financial Times nashri dunyo reytingida 29-o'rinni egalladi.