• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

UNESCO/UNITWIN dasturi doirasida Janubiy Koreyalik professorlardan maxsus ma'ruzalar turkumi

 

2021 yil 10 maydan, Zoom platformasi orqali, Janubiy Koreyaning Xandong Global universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan UNESCO/UNITWIN dasturi doirasida magistratura tinglovchilari uchun “Koreya iqtisodiyotida raqamli texnologiyalar transformatsiyasi” mavzusida maxsus ma'ruzalar turkumi start oldi.

4 kun davom etadigan ma'ruzalarda quyidagi dolzarb mavzular yoritilishi ko’zda tutilgan:

  • Koreya iqtisodiyoti: bugun va ertaga;
  • Koreyadagi startaplar ekotizimi;
  • Koreyada raqamli transformatsiya: Koreya kompaniyalarining eng yaxshi amaliyotlari;
  • 4-sanoat inqilobida “Aqlli zavod”;
  • Koreyada urbanizatsiya va iqtisodiy rivojlanish;
  • Pandemiyaning FINTECH sanoatiga ta'siri;
  • Koreyaning so’nggi yillardagi eksporti va importi;
  • Koreya misolida korxonalar uchun davlat siyosati va choralari.

Dastur doirasidagi ma’ruzalarda to'liq qatnashgan tinglovchilar uhcun maxsus sertifikatlar taqdim qilinadi.