• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Innovatsion tadbirkorlikda intellektual mulkni samarali himoyasi qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi

2024-yil 18-sentabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlikda “Innovatsion va startap loyihalarda intellektual mulk muhofazasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi ekspertlari B.Abbasov va B.Kadirova bilan birgalikda Oliy maktab mutaxassislari taqdimot hamda ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

Mazkur seminarda respublikamiz innovatsion ekotizimida faoliyat yuritayotgan vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari hamda biznes konsultantlar ishtirok etdilar.  

Seminarda “Intellektual mulk markazi” mutaxassislari tomonidan innovatsion tadbirkorlik faoliyatida intellektual mulk muhofazasi, uning ahamiyati, nomoddiy aktivlar, jumladan, patentlar, savdo belgilari, mualliflik huquqlari va tijorat sirlarining o‘rni to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mutaxassislar innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda intellektual mulk aktivlarini himoya qilish va ulardan foydalanishning amaliy jihatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga tashkil etilayotgan startaplar va ularning intellektual mulk obyektlarini xorijiy davlatlarda himoya qilish bo‘yicha Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risida Parij konvensiyasi, Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Madrid bitimi, Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi Butunjahon konvensiyasi asosida xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish va qidiruv tizimlari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar va mutaxassislar ishtirokida mavzu yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi va o‘zaro fikr almashildi.