Sanksiyani bartaraf etish, mintaqaviy integratsiya va institutlar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Qozog‘iston Respublikasining Narxoz Universiteti professori Murat Issabayev ishtirokida “Sanksiyani bartaraf etish, mintaqaviy integratsiya va institutlar” mavzusidagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy maktabning professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tinglovchilar ishtirok etdilar.
Professor Issabayev o‘z tadqiqotining asosiy xulosalari bilan o‘rtoqlashib, sanksiyalar samaradorligi va sanksiyaga ega davlatlar hamda ularning savdo hamkorlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sirini yoritib berdi.
Mazkur seminar orqali tinglovchilar hozirgi geosiyosiy muammolar va iqtisodiy strategiyalar haqidagi tushunchalarini kengaytirish imkoniga ega bo‘ldilar.