• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORI BO’YICHA MAHORAT DARSI

2020 yil 20 fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida «Qimmatli qog'ozlar bozori: asosiy tushunchalar» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Ma'ruzachi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) huzuridagi xalqaro iqtisodchilar uyushmasi a'zosi, Xalqaro Boshqaruv Akademiyasining muxbir a'zosi, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) – Toshboyev Ergash Omonqulovich o’z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

O'z taqdimotida qimmatli qog'ozlar bozori sohasidagi o'z tajribasi va bilimlari, O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori tashkil etilishi va bugungi holati, qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish va davlat ro'yxatiga olish qoidalari, birja va birjadan tashqari savdolar, xatolarni yo’lga qo’ymaslik investitsiyalarni qaerdan boshlash kerakligi, qimmatli qog'ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish, IPO va SPO qoidalari haqida so'zlab berdi.

Taqdimot nazariy va amaliy materiallarga boy bo'ldi. Tadbir ko’tarinki ruhda o'tdi va tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.