• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

XALQARO HAMOKRLIK: BUYUK BRITANIYA TAJRIBASI

Biznes va boshqaruv respublika Oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida, joriy yilning 4 dekabr kuni London (Angliya) shahrida joylashgan, Buyuk Britaniyaning yetakchi ta'lim muassasalaridan biri xisoblanadigan King’s College London rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ta'lim va fan sohasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari va mexanizmi, bank, moliya, biznes va menejment sohasida qo'shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlar chop etish, boshqaruv kadrlar uchun qisqa muddatli qo'shma kurslarni tashkil etish, "ikki diplomlik" magistrlik dasturini ishlab chiqish, qo'shma ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, hukumat dasturlari va elektron hukumatni rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi,  shuningdek, xalqaro standartlar va eng yaxshi xorijiy amaliyot talablarini inobatga olgan holda, Oliy maktab tinglovchilari va xodimlari bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish masalasi ham ko'rib chiqildi.

Malumot uchun:

King’s College London -Angliyaning eng yirik, eng qadimgi va eng obro'li universitetlaridan biri sanaladi. Bu ta'lim muassasasi Buyuk Britaniyaning Russell Group oliy o'quv yurtlari elita uyushmasiga, Oksford va Kembrij universitetlari bilan bir qatorda "oltin uchburchak" deb ataladigan tarkiblariga kiritilgan