• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

SINGAPUR - HAMKORLIKNING NAVBATDAGI BOSQICHI

Oliy ta'lim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) tomonidan asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida katta e'tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan, bugun Oliy maktab va Nanyan biznes maktabi (Singapur) vakillari o'rtasida videokonferensaloqa shaklida birinchi biznes uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida ikki tomon o'rtasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari, xususan,  ikki tomonlama diplom bilan MBA magistratura dasturini tashkil etish, marketing, moliya va biznes tahlillari sohasida qisqa muddatli kurslarni ishlab chiqish, shuningdek, startap loyihalarini tashkil etish va boshqa ko'plab masalalar ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yuqori saviyada va juda samarali bo'lib o'tdi.

Malumot uchun:

Nanyan texnologik universiteti qoshidagi Nanyan biznes maktabi (NBS) bu - Singapurdagi yagona biznes maktabi va Osiyo biznes maktablari reytingida uchinchi. Osiyodagi yagona Biznes maktab bo'lib, Yevropa sifat menejmenti tizimi (EQUIPS) tomonidan akkreditatsiyalangan markaz  tomonidan tasdiqlangan bo'lib, MBA dasturi Financial Times reytingida dunyoda 30-o'rinda turadi.