• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

RAQOBAT MUHITINI RIVOJLANTIRISH VA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHNI TARTIBGA SOLISH BO’YICHA MASOFAVIY KURS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yil 4-iyundagi 02-1760-sonli topshirig‘igaasosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 28-may kuni o‘tkazilgan 37-son majlis bayoni 3-bandida raqobat siyosati va huquqi asoslari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, yil yakuniga qadar strategik tarmoqlardagi monopol korxonalarning barcha o‘rinbosarlari va ma’sul bo‘lim boshliqlarining o‘qitilishini ta’minlash belgilangan.

Mazkur buyruq doirasida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy tarraqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2020-yil 2-5-noyabr kunlari monopol korxona rahbar o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlari uchun «Raqobat muhitini rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish» qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini davomli o‘tkazishni rejalashtirgan.

Mazkur kursning asosiy maqsadi - strategik tarmoqlardagi monopolist korxonalarning barcha o‘rinbosarlari va ma’sul bo‘lim boshliqlari uchun O‘zbekistonda Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan bog‘liq holat, mavjud muammolar, bugungi kunda amalda bo‘lgan yangi qonun va qoidalar, davlat aralashuvini qisqartirish va raqobat muhitini tartibga solish turlari, qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, nohalol raqobat va intellektual mulk, monopoliyaga qarshi kurashish qonun hujjatlarining buzilish holatlarini oldini olish va uni kamaytirish uchun monopoliyaga qarshi komplayensni joriy qilishning ahamiyati borasida bilim va ko’nikmalar hosil qilish.

Ma'ruza-munozaralarni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ekspert mutaxassislari olib boradilar.