• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KORPORATIV TUZILMALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

 

 

 

 

 

 

 

21 yilning 23 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli Iqtisodiyot sharoitida korporativ tuzilmalar va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiya davomida raqamli iqtisodiyotning jahon tajribasi, muammo va yechimlari, rivojlantirish istiqbollari, korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlari, joriy tendentsiyalar va ularning samaradorligini oshirish, zamonaviy tadbirkorlar sinfini shakllantirish – kambag'allikni qisqartirishning ustuvor yo'nalishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda loyihaviy yondashuv, raqamli iqtisodiyot sharoitida kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, korporativ va loyiha boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo'llash istiqbollari kabi masalalar keng muhokama qilindi.

Tadbirda mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Germaniya, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Misr, Ukraina kabi mamlakatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari onlayn rejimda ishtirok etishdi.