• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

QADIMIY VA NAVQIRON BUXORO ZIYORATI

Joriy yilning 4-6 mart kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xodimlari, yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy-madaniy obidalarni ziyorat qilish maqsadida Buxoro viloyatiga sayohat qilishdi.

Sayohatning ilk kunida nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanmish Yetti pir — Abduxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me’moriy majmualari, keyingi kunida esa, bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan me’moriy obidalar bilan bir qatorda, “Labi Hovuz”, “Minorai Kalon”, “Buxoro zindoni”, “Ark” kabi ko’plab tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishdi.

Oliy maktab xodimlari sayohatdan unutilmas taassurotlar bilan ortga qaytishdi.

Bu kabi tadbirlar xodimlar o’rtasidagi do’stona munosabatlar va jamoaviy ruhni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.

O’z navbatida yuqori saviyada tashkillashtirilgan tadbir uchun Oliy maktab rahbariyati va kasaba uyushmasiga o’z minnatdorchligimizni bildiramiz!