• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA ISM BOSHQARUV MAKTABI (FRANSIYA) O'RTASIDA MUZOKARALAR BO'LIB O'TDI

2020 yil 9 aprel kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) rahbariyatining  ISM Xalqaro boshqaruv maktabi (Fransiya) vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Eslatib o’tamiz, iki o'quv ydargohi o'rtasidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuv, 2020-yil 31-yanvar kuni, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi Oliy maktab delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida O'zbekistonning Frantsiyadagi elchixonasi ko'magida tashkil etigan bo’lib, ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va mustahkamlash bo'yicha navbatdagi qadam bo'ldi.

Muzokarada ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelgusidagi masalalar, xususan, tadbirkorlik va biznesni boshqarish kabi sohalarda, IMBA (Xalqaro biznes boshqaruvi) va DBA (Biznes boshqaruvi doktori) yo'nalishlari bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini yaratish mexanizmlarimuhokama qilindi.

Oliy maktab vakillari DBA dasturiga alohida e'tibor berish niyatida ekanliklarini bildirishdi, chunki ushbu dastur (amaliy tadqiqotlar bilan) turli tashkilotlar, vazirliklar va idoralarning yuqori va o'rta bo'g'inlari rahbarlarida katta qiziqish uyg'otishini ta’kidladilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar oliy ta'lim muassasalari o'rtasida kelgusidagi hamkorlikka tayyor ekanliklarini bo’yicha qiziqish bildirdilar.

Ma’lumot uchun:

ISM Xalqaro boshqaruv maktabi (International School of Management-ISM) Fransiyaning Parij shahrida joylashgan ixtisoslashgan, akkreditatsiyalangan o'tgan biznes maktabidir.

Ushbu dargoh talabalarni IMBA Full-Time, IMBA Executive, DBA (Biznes boshqaruvi doktori), PhD (falsafa doktori) dasturlariga tayyorlashga ixtisoslashgan. ISMning barcha dasturlari dasturlari biznes-ta'lim uchun etakchi ixtisoslashgan akkreditatsiya organi bo'lgan biznes-maktablar va dasturlarni akkreditatsiya qilish Kengashi (ACBSP) tomonidan to'liq akkreditatsiyadan o'tgan.

QS global MBA 2019 jahon reytingida ISM MBA dasturi dunyoning eng yaxshi 150 ta biznes maktablari va Evropaning eng yaxshi 50 talik biznes maktablar qatoriga kiritilgan.