Biznesni boshlashda samarali yondashuvlar
2024-yil 27-28-avgust kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan “Startap loyihalarni tayyorlashda Kanvas biznes modelini qo‘llash imkoniyatlari” mavzusida ikki kunlik amaliy seminar tashkil etilmoqda.
Seminardan maqsad:
Startplarning biznes g‘oyasini loyihaga aylantirish bosqichlarini amalga oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni o‘rgatish;
Mijozlar segmentlari, qiymat taklifi va raqobatdosh ustunliklarni tahlil qilish, tadbirkorlarga bozor imkoniyatlari va kelgusidagi muammolarni aniqlashga yordam berish;
Resurslarni muvofiqlashtirish, startapning o‘sishi va barqarorligini ta’minlash jarayonlarini soddalashtirish.
Ushbu seminarda ishtirok etish uchun 2024-yil 23-avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Seminar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Sanasi: 27 - 28 avgust, 2024-yil
Vaqti: 09:00-13:00
Telefon: +998712390327