• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VAKILLARI LOYIHA BOSHQARUVI BO'YICHA ANJUMAN O'TKAZDILAR

2020-yil 19-fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) xodimlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti (keyingi o'rinlarda-TKTI) professor-o'qituvchilari va talabalari uchun «Ta'lim va loyiha boshqaruvi tizimida ilg'or xorijiy tajriba» mavzusida o'quv anjuman o'tkazishdi

Tadbirning birinchi qismida «Malayziya istiqbolida loyiha boshqaruvi» mavzusida Oliy maktabning Loyihaviy boshqaruv va strategiyalash kafedrasi mudiri - Xolbayev Bahrom Avazbaevich o'z taqdimoti bilan so'zga chiqdi.

Tadbir davomida O'zbekistonda loyiha boshqaruvini rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, Loyihaviy boshqaruv bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Oliy maktabning o'rni va hissasi haqida so'zlab berdi. Bundan tashqari, Davlat darajasida loyiha boshqaruvini joriy etish, Malayziya misolida loyiha boshqaruvi va loyihalar portfelini boshqarish, loyihalarni boshqarish axborot tizimlarini joriy etish, loyiha risklarini (i-MATEC) joriy etish, loyihalarni baholash va boshqa ko'plab amaliy misollarni keltirdi.

B. Xolbayev 2019 yil dekarda Kuala-Lumpur shahrida (Malayziya) Oliy maktab va PEMANDU Associates Sdn Malayziya Davlat boshqaruvi milliy institutining (INTAN) strategik hamkori bilan birgalikda tashkil etilgan «Malayziya tajribasida loyiha va loyihalar portfelini boshqarish amaliyoti» mavzusidagi maxsus bir haftalik kurs qatnashchisi xisoblanadi.

Shundan so’ng, Fulbrayt dasturi bo’yicha taklif qilingan va Oliy maktabga o’z faoliyatini olib borayotgan Ayova shtati universiteti (AQSh) professori – Tina Coffelt o’z taqdimoti bilan so’zga chiqdi.

T. Coffelt o'z taqdimotida TKTI qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professor o'qituvchilari uchun AQSh universitetlarida ta'lim olish, xamda Ayova shtati universitetida ta'lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo’yicha to’liq ma'lumot berib o’tdi

O'quv-anjumani yakunida barcha ishtirokchilar ma’ruzachilarga ma’lumotlarga boy bo’lgan taqdimorlar uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.