• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O'ZBEKISTONDA LOYIHALARNI BOSHQARISHNI AMALGA OSHIRISH ISTIQBOLLARI VA IPMA XALQARO UYUSHMASI TALQINIGA KO'RA "LOYIHA MENEJERI" SERTIFIKATINI OLISH TALABLARI

5 avgust 2020 yil soat 10 - 00 da, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi va O`zbekiston loyiha boshqaruvi uyushmasi (IPMA-Uzbekistan) bilan hamkorlikda O'zbekistonda loyiha boshqaruvini joriy etish istiqbollari va IPMA xalqaro uyushmasi talqini bo'yicha «PROJECT MANAGER» (loyiha boshqaruvchisi) sertifikatini olish imkoniyatlariga bag'ishlangan onlayn Webinar o'tkazadi.

Tadbirda loyiha boshqaruvi sohasidagi mahalliy va xorijiy ekspertlar, jumladan, IPMA (Litva) vakili Vitautas Pugachevskis, O`zbekiston loyiha boshqaruvi uyushmasi (IPMA-Uzbekistan) boshqaruvi raisi - Jamshid Jalilov, O`zbekiston loyiha boshqaruvi uyushmasi ijrochi direktori - Husan Usmonov va boshqalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etadilar.

Ma’lumot uchun:

Halqaro loyiha boshqaruvi uyushmasi (International Project Management Association, IPMA) – 1965 yilda Syurix shahrida (Shveytsariya) tashkil topgan notijorat professional uyushma hisoblanadi va u butun dunyo mamlakatlari mutaxassislarining loyiha boshqaruvi sohasida (Project Management) birlashuviga safarbar qiladi.

IPMA faoliyatining asosiy maqsadi butun dunyo miqyosida yaratuvchilikka qaratilgan faoliyatning barcha yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar, loyiha guruh va tashkilot vakillarining loyiha boshqaruvi bo`yicha qobiliyatlarini rivojlantirishga ko`maklashish hisoblanadi.

Sana: 2020 yil 5 avgust (chorshanba)
Boshlanish vaqti: 10-00
Vebinar platformasi: Zoom
Vebinar havolasi: https://bit.ly/RGSBM_012