• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi “Mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari” yuzasidan hokim yordamchilarini o‘qitish bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi “Mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan yig‘ilishida hokim yordamchilarini o‘qitish bo‘yicha berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va Tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan 2022-yilda “Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari” mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hokim yordamchilari uchun bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tayyorlangan maxsus dastur  asosida o‘quv seminarlari tashkil etildi. O‘quv seminarini muvaffaqiyatli tamomlagan 9 162 nafar hokim yordamchilariga sertifikatlar taqdim etildi. 

Shuningdek, Prezident Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning kompetensiyalarini yanada oshirish, rahbarlik ko‘nikmalarini to‘laqonli rivojlantirish bo‘yicha 181 nafar Milliy kadrlar zaxirasidagi nomzodlar uchun 56 akademik soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari yuqori saviyada tashkil etildi. 

 

2023-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-108-son qarori bilan Oliy maktab ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra zamonaviy iqtisodiy bilimlar bo‘yicha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat vakillari, hokim o‘rinbosarlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari malakasi va ularning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan trening, seminar va master-klasslar tashkil etish, ularga aholi bilan samarali ishlashni o‘rgatish, bir mahallada yuqori samara ko‘rsatayotgan tajribalarni boshqa mahallalarga qo‘llash amaliyotini joriy etish ko‘rsatib o‘tilgan.

Malaka oshirish kurslariga vazirlik va idoralar rahbar xodimlari, Oliy maktabning pedagog xodimlari va mustaqil pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadigan malakali pedagoglar jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Hozirda, professor-o‘qituvchilar tomonidan qisqa muddatli o‘quv dasturlar ishlab chiqilib tegishli idoralar bilan kelishish hamda malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish va o‘quv xonalarini moddiy-texnik bazasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.