• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA BIZNES VA LOYIHAVIY BOSHQARUV MASALALARI

2020 yil 25 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) “Raqamlashtirish davrida biznes va loyihaviy boshqaruv masalalari” mavzusida masofaviy ilmiy-amaliy konferentsiya o'tkazishni rejalashtirgan. Tadbirda Oliy maktabning magistratura tinglovchilari o'zlarining magistrlik dissertatsiyalari doirasida tayyorlagan ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Konferentsiya quyidagi sho'balarni o'z ichiga oladi:

1-sho'ba. Pandemiya sharoitida inqirozga qarshi choralar va biznesning investitsion jozibadorligini ta'minlash.

2-sho'ba. Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida biznes boshqaruv.

3-sho'ba. Raqamlashtirish davrida loyihalarni boshqarish xususiyatlari.

4-sho'ba. Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya, hisob va baholashni xalqaro standartlarda boshqarish.

Konferentsiyaning ishchi tillari: o'zbek, rus va ingliz

Tezis tarkibi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:

  • Tezis nomi (sarlavhasi);
  • Muallif haqida qisqacha ma'lumot;
  • Asosiy mazmuni:
      - Kirish (mavzuning dolzarbligi va zaruriyati);
      - Asosiy qism;
      - Xulosa va takliflar;
  • Foydalanilgan adabiyotlar (matnda havola shaklida).

Tezisni rasmiylashtirishga qo'yilgan texnik talablar:

  • maqola hajmi: tezis matni 3-4 betdan oshmasligi kerak;
  • matn muharriri – MsWord 2007, 2010, 2016;
  • varaq formati – A4 o'lchovli, kitob shakli, matnning har bir tomonidan – 20 mm;
  • shrift: garnitura – Times New Roman, 14 keglь kattaligida;
  • xat boshi – 1,0 sm, qator oralig'i – 1 intervalda;
  • tezis yuqori qismida mavzu bosh harflarda yoziladi, bir qatordan keyin o'ng tomonda muallif ma'lumotlari ko'rsatiladi. Bir qatordan keyin tezisning asosiy matni beriladi;
  • jadval va grafiklar MsExcel formatida; rasm va sxemalar MsWord formatida; formulalar MsEquation muharririda;
  • barcha jadval, grafik, rasm va sxemalarning manbasi va izohi keltirilishi shart;
  • foydalanilgan adabiyotlar matnda havola ko'rinishida keltiriladi.

Fayl muallifning familiyasi va ismi bilan nomlanadi (misol uchun: Rajabov_Akmal_tezis.doc).

Materiallar o.aliqoriev@rgsbm.uz elektron manzili belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan holda 2020 yilning 20 may sanasiga qadar yuborilishi kerak.

Sana: 2020 yil 25 may (dushanba)

Boshlanish vaqti: 11-00

Konferentsiya platformasi: Zoom (konferentsiya havolasi ishtirokchilarning elektron manziliga yuboriladi)

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi raqamga murojaat qiling: +99897 444 8552