• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

YUKIO TOYOSHIMADAN ONLAYN MAHORAT DARSI

2020 yil 2 may kuni, soat 12-00 da “KNOWLEDGE HUB” dasturi doirasida “Pandemiya davrida korporatsiyalar strategiyasi” mavzusida videokonferensaloqa orqali bepul onlayn mahorat-darsi o'tkaziladi.

Ma'ruzachi sifatida loyiha va korporativ boshqaruv sohasidagi mutaxassis, ekspert - Yukio Toyoshima bo'lib, epidemiya umuman biznesni yanada rivojlantirishga qanday ta'sir qilishi, mahsulotni o'zgaruvchan bozor sharoitlari ostida qayta formatlash, korporatsiyaning inqirozga qarshi strategiyasini qanday tanlash, kompaniyaning faoliyatini barqarorlashtirish bosqichlari va choralari, uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish va boshqalar xaqida ma’lumot bilan o’rtoqlashadi.

Ma’lumot uchun:

Yukio Toyoshima Hitachi kompaniyasida 30 yildan ortiq tajribaga ega, uning asosiy qismi turli yo'nalishlarda yuqori top-boshqruvchi sifatida ishlagan. 2019 yil may oyidan boshlab Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi, Biznes boshqaruvi kafedrasida, Yaponiyaning JICA hamkorlik dasturi (JICA) doirasida taklif etilgan professor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

MUHIM!

- Mahorat-darsi ingliz tilida o'tkaziladi.

- Videokonferentsiyaga taklifnoma alohida yuboriladi.