• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

Oliy maktabda xamkorlik doirasida TDYU talabalariga mahorat-darsi o’tkazildi

2021 yil 20 aprel kuni, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabalari uchun, Korporativ boshqaruv bo’yicha: “Korporativ boshqaruvning rivojlanish tendensiyalari va zamonaviy standartlarini joriy qilish yollari” mavzusida maxsus mahorat-darsi (master-klass) o’tkazildi.

Mahorat-darsini Oliy maktabning “Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri – i.f.d, professor - D. X. Suyunov olib bordi

O’z chiqishida, talabalarga aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, O'zbekistonda korporativ boshqaruvni rivojlantirish istiqbollari, aktsiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv samaradorligini oshirish uchun barcha ishtirokchi o'rtasida faol muloqotni yo'lga qo'yish, minoritar aktsiyadorlar salmog'ini oshirish orqali mulkni ijtimoiylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilinayotgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni ko'paytirish, strategik investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish bo’yicha o’z tajribasi bilan bo’lishdi.

Tadbirda qatnashgan barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar xamda ma’lumotlarga boy bo’lgan chiqish uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Tadbirning savol javob qismida faol qatnashagan talabalar korporativ boshqaruv boʼyicha muallif monografiyasi bilan taqdirlandi.