• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tdi

 

 

 

 

 

 

 

2021 yilning 18 may kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Korporativ va loyiha boshqaruvi: joriy holat, muammolar va zamonaviy mexanizmlari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiya onlayn shaklda ZOOM platformasida o'tkazildi.

Konferensiyada korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlari, joriy tendentsiyalar va samaradorligini oshirish yo'llari, davlat boshqaruvi organlari va korporativ tuzilmalarda loyiha boshqaruvi, joriy holat, muammolar va yechimlar, zamonaviy tadbirkorlar sinfini shakllantirish – kambag'allikni qisqartirishning ustuvor yo'nalishi, korporativ va loyiha boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo'llash istiqbollari mavzulari muhokama qilindi

Sessiyani Oliy maktab direktori - I. O‘. Umrzaqov kirish so‘zi bilan ochib, konferentsiya ishtirokchilarini anjuman bilan tabriklab, uning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Yetakchi o'zbek mutaxassislari bilan bir qatorda Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya, AQSh, Bangladesh, Hindiston, Rossiya, Belorussiya, va boshqa nufuzli xalqaro ekspertlar bir maydonda onlayn rejimda ishtirok etishdi.

Xususan, konferensiyaning yalpi majlisida o'z chiqishlari bilan Xandong Global Universiteti (J.Koreya) professori - Bomxa Dji (Dr. Beom Ha Jee) “Korporativ boshqaruvning zamonaviy tuzilmasi, korporativ boshqaruv va ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) asosida modellashtirish” mavzusida, Bangladeshning O'zbekiston Respublikasidagi muxtor elchisi - Zahangir Alam (H.E. Md Zahangir Alam) janobi oliylari “Korporativ boshqaruv Bangladesh misolida”,  Milan Politexnika Universitetining Xalqaro hamkorlik va sifat bo'yicha o'rinbosariprofessor Tommazo Agasisti (Prof. Tommaso Agasisti) “MIP Milan Politexnika universiteti  huzuridagi Biznes maktabining asosiy jihatlari va strategiyalari” mavzusida, Belarus Davlat Iqtisodiyot universiteti, Raqamli Iqtisodiyot fakulteti dekani - Marushko Dmitriy (Dmitry Marushko) “Belorus Respublikasida IT-Ta'lim sohasini rivojlantirish yo'nalishlari”, Old Dominion Universiteti (ODU), Innovatsion Tashabbuslar, Innovatsiya va Tadbirkorlik Instituti (ITI) ijrochi direktori - Marti Kazubovskiy (Marty Kaszubowski) “Universitetga asoslangan tadbirkorlik istiqbollari: Silikon vodiysiga chetdan nazar”, O'zbekiston savdo-sanoat palatasi huzuridagi O'zbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi maslahatchisi - Doktor Sandjiv Chaturvedi (Dr. Sanjeev Chaturvedi) “Hindiston qishloq xo'jaligi tadbirkorlarining loyiha bo'yicha tajribalari”, Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi savdo vakili o'rinbosari - Dmitriy Dыnnikov (Dynnikov Dmitry) “Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik. O'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni qo'llab-quvvatlashning joriy holati, mavjud mexanizmlari va kelajakka nazar” mavzulari bilan halqaro ekspertlar qatnashib, ushbu yo'nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar va izlanishlar to'g'risida ma'lumot berdilar.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya yakunida ishtirokchilar korporativ va loyiha boshqaruvi, biznes va tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida xabardor bo'lib, o'zlari uchun foydali va dolzarb ma'lumotlarni qo'lga kiritdilar hamda ilmiy, amaliy va ta'lim sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha fikr almashdilar.