• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARI HIMOYASI BO’LIB O’TMOQDA

Joriy yilning 22-27 iyun kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida "Loyiha boshqaruvi" mutaxassisligi bo’yicha magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo’lib o’tadi.

Umumiy hisobda 48 nafar bitiruvchi bo'lib, bugunga qadar 26 ta tinglovchi o’z dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Magistrlik dissertatsiyalari Oliy maktab va boshqa OTM vakillaridan iborat Yakuniy Davlat Attestatsiya komissiyasi tomonidan baholandi. Dissertatsiyalarni himoya qilish jarayoni ilmiy munozara tarzida va yuqori talabchanlik bilan o'tmoqda. Shu bilan birga, jarayon xorijiy ekspertlar tomonidan ham kuzatilmoqda.

Tadqiqot mavzulari “O'zavtosanoat” AJ, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ, “Uzatom” AJ, “O'zbekenergo” AJ, “O'zneftgaz” AJ, “O'ztelekom” AJ kabi yirik korxona va idoralar tizimida loyihaviy boshqaruv metodlarini qo’llash va ulardagi mavjud muammolar yechimiga qaratilgan.

O’z dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan barcha magistrlarni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ijodiy va ilmiy yutuqlar tilaymiz!