• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

Oliy maktabda magistrlarga tantanali diplom topshirish marosimi o'tkazildi

2021 yil 9 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida, “Loyiha boshqaruvi (Project Management)” mutaxassisligi bo'yicha 2020-2021 o'quv yili qishki qabul bitiruvchilariga magistrlik diplomini topshirish maqsadida, karantin qoidalarini inobatga olgan holda, tantanali madaniy–ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Bitiruv marosimida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari, Oliy maktab rahbariyati, professor-o'qituvchilari va hodimlari, OAV vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.

Madaniy–ma'rifiy tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.

So’ng, marosimni Oliy matab direktori - I. O'. Umrzoqov kirish so'zi bilan ochib berdi va bitiruvchilarni tabriklash uchun so'z navbatini O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari - S.M. Xolxo'jayevga taqdim qilindi.

Vazirining birinchi o'rinbosari, kirish so'zi bilan ochib berar ekan, oliy ta'lim tizimida magistratura bosqichining o'rni va ahamiyati haqida batafsil to'htalib o'tib, uzoq, mashaqqatli, ayni paytda sharafli ilm yo'lini bosib o'tgan 61 nafar magistratura bosqichi bitiruvchilariga hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat va kasbiy sohalarida omadlar tiladi.

Shuningdek, Oliy maktabning “Investitsiyalar va loyiha boshqaruvi kafedra mudiri - B. A. Xolbayev so'zga chiqib, o'z fikr va mulohazalarini bildirdi hamda bitiruvchilarga kelajakdagi ilmiy hamda professional faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so'ng, magistrlarga tantanali ravishda diplom topshirildi. Bu ushbu mutaxassislik bo'yicha uchinchisi bo’lib, umumiy xisobda 163 nafar bitiruvchilarga magistrlik diplomlari taqdim qilingan.

Bitiruvchilar va ularning ota-onalari Oliy maktab rahbariyati, professor-o'qituvchilari va xodimlariga minnatdorchilik bildirib, ular uchun bu joy qadrli va hayotlarida muhim o'rin tutgan ilm dargohi bo'lib qolishini ta'kidladilar.

Marosim Oliy maktab rahbariyati, professor-o'qituvchilari, bitiruvchilari va faxriy mehmonlarining fotosessiyasi bilan nihoyasiga yetdi.

Oliy maktab nomidan barcha bitiruvchilarga professional muvaffaqiyatlar, martaba yutuqlari va farovonlik tilaymiz!