OLIY MAKTABDA JANUBIY KOREYALIK PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING MAXSUS LEKSIYALARI BO‘LIB O‘TDI
Bugun, UNESCO/UNITWIN ta’lim dasturi doirasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor-o‘qituvchilarning maxsus leksiyalari bo‘lib o‘tdi.
Adju universiteti professori - doktor Su Duk Kim (“Energetika tizimi va tushunchasi: Koreya va O‘zbekiston misolida”);
Handong Global universiteti professorlari - doktor Jin Von Ann va doktor Bomxa Ji (“1997-2000 yilda Koreya moliyaviy inqirozi” hamda “Moliyaviy/kapital bozoridagi raqamli transformasiya: rivojlanayotgan mamlakatlar misolida”);
Xannam universiteti professori - doktor Jong Von Kim (Korporativ moliyalashtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash);
Sogang universiteti professori - doktor Yong Saek Pak (Koreya iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari) mavzularida ma’ruzalar o‘qidilar.
Interaktiv formatda o‘tgan ma’ruzalar tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va tadbir so‘ngida ular o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.